• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Texnologiyalar

    CES-2017 ko‘rgazmasida namoyish qilingan LG Signature W seriyasidagi OLED-televizorlari TV-dizayn sohasida yangi qirralarni ochadi

    “Devordagi surat” dizayn shakllida ishlab chiqarilgan premium tasnifidagi OLED-televizorlari Dolby Vision, Dolby Atmos va Technicolor tomonidan taqdim etilgan Color Science Expertise texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlashi bilan uy kinoteatrida videomahsulotlarni tomosha qilish his-hayajonlarga boy bo‘lishini kafolatlaydi.

    Foto: LG

    Foto: LG

    LG Electronics (LG) kompaniyasi Las-Vegasda tashkil etilgan CES-2017 ko‘rgazmasida hozirgi vaqtda o‘zining eng so‘nggi va eng yaxshi OLED-televizorlari hisoblanuvchi W tasnifidagi LG Signature televizorlarini namoyish etdi. U keng va yassi televizorlar yangi qatorining javohiriga aylandi. Umumiy hisobda, mazkur qatorga Dolby Vision™ va Dolby Atmos™ texnologiyalariga ega 10 ta model kiritilgan bo'lib, ularning eng yaxshisi sifatida 77 dyuymli LG Signature OLED-televizori tan olindi. Yangi “Devordagi surat” (Picture-on-Wall) dizayn shaklida ishlab chiqilgan mahsulot CES-2017 ko‘rgazmasining “Yaxshi innovatsiya” sovriniga munosib ko‘rilgan.

    Foto: LG

    Foto: LG

    LG kompaniyasining yangi OLED-televizorlari qatori 77/65W7, 77/65G7, 65/55E7, 65/55C7 va 65/55B7 modellaridan tashkil topgan bo‘lib, ular 2017-yilda kompaniya barcha TV mahsulotlarining o‘ziga xos belgisiga aylangan ajoyib xususiyati — qora tusni yuqori sifatda aks ettirishi barobarida cheksiz kontrast va ranglarning kengaytirilgan jilosi bilan o‘z dolzarbligini saqlab qoladi. LG kompaniyasining so‘nggi OLED-televizorlari tasvirning an’anaviy yuqori sifatini ta’minlaydi va iste’molchilarga televizorni uydagi yagona ko‘ngilochar markaziga aylantiruvchi qator ilg‘or funksiyalarni taklif etadi. LG’ning 2017-yildagi mahsulotlari qatorida o‘ta ingichka dizayndagi B7 va C7 modeli, “Shishadagi surat” (Picture-on-Glass) dizayn shaklidagi E7 va G7, hamda Picture-on-Wall dizaynidagi W7 modellari o‘rin olgan.

    Foto: LG

    Foto: LG

    W7 seriyasidagi televizorlarning innovatsion dizayni LG firmasining “Kichik ko‘proq demakdir” qoidasini takrorlaydi, ya’ni ekranning jozibasiga e’tiborni qaratish uchun barcha ortiqcha narsalardan voz kechishni taklif etadi.

    Chegaralarning bir maromda hamda panellar profilininig o'ta ingichkaligi sababli W7 havoda suzayotgandek taassurot uyg‘otishi bilan tasvirlarning jonliligini kuchaytiradi. 65 dyuymli model OLED-panelining qalinligi 2,57 millimetrni tashkil etadi. Uni devorning o‘ziga bevosita magnitli tutqichlar vositasida o‘rnatish mumkin. Bunda televizor va devor o‘rtasida hech qanday bo‘shliq qolmaydi. Tepaga yo‘naltirilgan dinamiklar va Dolby Atmos texnologiyasi asosida eks etadigan sadolar tasvirlarning jonli effektini yakunlaydi. W7 seriyasidagi modellarning dizayni tomoshabinda televizorga emas, balki derazaga qarayotgandek hissiyot uyg‘otadi.

    Foto: LG

    Foto: LG

    W7 seriyasidagi barcha OLED-televizorlar LG kompaniyasining inqilobiy mustaqil yoritish texnologiyasi asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, bu qora rangni hech qanday yoritishsiz ideal tarzda aks ettirish imkonini beradi. Shu bilan tasvirlar jilosining hadsizligi va milliardlab rang tuslari jozibasidan zavqlanishni ta’minlaydi. Bundan tashqari, LG kompaniyasining 2017-yildagi barcha OLED-televizorlari zarurat paydo bo‘lganda tasvirlar yorqinligini kuchaytiradigan Ultra Luminance texnologiyasiga ham egadir.

    Foto: LG

    Foto: LG

    Butun dunyodagi yuqori texnologiyali Dolby kinoteatrlarida qo‘llaniladigan HDR (kengaytirilgan dinamik diapazon) texnologiyasi negizida hayotgan tatbiq etilgan Dolby Vision formati tasvirlarning o‘ta yorqinligi va kontrastligi sababli televizorni tomosha qilishdagi zavq-shavqni kuchaytiradi. Dolby Atmos texnologiyasi esa tovushlarni keng tarqatishi tufayli ekranda bo‘layotgan voqealar go‘yoki haqiqatda yuz berayotgandek hissiyot bag‘ishlaydi. Xona kengligi bo‘yicha bir xil taraluvchi kuchli va tebranuvchi tovushlar tomoshabinni to‘liq qurshab oladi. Ushbu texnologiya har bir tovushni kenglikning ma’lum bir hududiga yo‘naltirishi boy va ko‘p tarmoqli tovushni taratib, haqiqiy hayotdagi kabi tovushlar to‘plamiga doir ta’sirchan effektni barpo etadi.

    Dunyoda Dolby Atmos texnologiyasiga mos keluvchi ilk OLED-modellari bo‘lgan LG televizorlari bir vaqtning o‘zida ajoyib tasvir va nafis tovushdan iborat videomahsulotni aks ettirishda yuqori sifatni ta’minlaydi. Bu esa ularni har qanday oiladagi keng qamrovli ko‘ngilochar markazga aylantiradi. Bir qurilmada Dolby Vision va Dolby Atmos texnologiyalarining joylashtirilishi, butun dunyo bo‘ylab professional kinostudiyalar va yetakchi distribyutorlar tomonidan tan olingan kompleks yechimni anglatadi. Bugungi kunda, Dolby Vision formatida 80 dan ortiq film suratga olingan, 100 ortiq kinokartina Dolby Atmos formatida tasvirga olingan bo‘lsa, yana 25 ta film ikkala standartga mos keladi. Jahondagi OTT-provayderlari hozirdanoq Dolby Vision formatidagi 100 dan ortiq original mahsulotlarni tomoshabin e’tiboriga havola etadi. 2017-yili foydalanuvchilar Dolby Vision formatidagi videomahsulotlarni Ultra HD Blu-Ray disklarida ham qo‘lga kiritishi mumkin bo‘ladi.

    Foto: LG

    Foto: LG

    LG kompaniyasining 2017-yildagi barcha OLED-televizorlari, shu jumladan, W7 Active HDR formatini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Bu, o‘z navbatida, asosiy suratning o‘ta yorqinligini va fondagi tasvirlarning aniqligini ta’minlaydigan yangi avlod HDR-videoni yuqori sifatda aks ettirish imkonini beradi. Active HDR televizorlari HDR-tasvirlarning har bir kadrini qayta ishlab, zarur bo‘lgan lavhalarning dinamikligini o‘zgartiradi. Shunga ko‘ra, tomoshabin HDR-mahsulot dinamik yoki statik axborotlarga egaligi yoki yo‘qligidan qat’i nazar, har doim yorqin va sifatli kartinalarni ko‘ra oladi. Yangi OLED-televizorlarning barchasi HDR-formatlarining hamma shaklini, jumladan Dolby Vision, HDR10 va HLG (Hybrid Log Gamma) formatlariga mos keladi. Technicolor texnologiyasi bo‘yicha ishlab chiqilgan Advanced HDR formatini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Bunday ko‘p tarmoqlilik HDR Effect formati bilan to‘ldirilgan bo‘lib, u videokontentning har bir lavhasini standart o‘lchamda qayta ishlagani bois kartinaning kontrastligi va tiniqligini kuchaytiradi.

    LG kompaniyasining Smart TV mahsulotlari uchun webOS platformasini 3,5 versiyasigacha yangilashi sababli tomoshabinlar internet orqali oliy tasnifdagi  HDR-kontentni ko‘ra oladi. Iste’molchilar eng yuqori darajada qulay bo‘lgan uy kinoteatrlarini tashkil eta olishi uchun LG kompaniyasi raqamli mahsulotlarning yetakchi provayderlari bo‘lgan Amazon, Netflix va Vudu kabilar bilan hamkorlik bitimlarini imzolagan. HDR-formatining LG OLED-televizorlaridagi imkoniyatlarini namoyon etish uchun kompaniyaning CES ko‘rgazmasidagi burchagida DirecTV taqdim etgan HLG, Netflix havola qilgan Dolby Vision hamda Amazon Prime Video’dan HDR10 formatidagi videolarni namoyish etgan.

    Foto: LG

    Foto: LG

    LG kompaniyasining yangi OLED-televizorlari Technicolor’ning tasvir va ranglarni professional aks ettiruvchi ilg‘or texnologiyalarini o‘zida mujassam etgan. Ularda Gollivudning aksar videomahsulotlarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan imkoniyatlar va funksiyalardan foydalanilgan. Bu tomoshabinga beqiyos “jonli” va haqiqiy kartinadan zavqlanish hamda mualliflarning badiiy g‘oyasini kam-ko‘stsiz, yuqori aniqlikda qabul qilish imkonini havola qiladi. Chunki aynan OLED-texnologiyasi yuqori sifatli tasvirni jilolantira oladi, Technicolor esa LG bilan hamkorlikda kompaniyaning OLED-televizorlarini butun dunyoda ishlab chiqarish jarayonida, ularning imkoniyatlarini kengaytirish ustida ishlamoqda.

    “Dolby Vision va Dolby Atmos texnologiyalarining so‘nggi OLED-modellarimizda batamom uyg‘unlashtirilgani sababli, tomoshabinlar kino sehridan zavqlanib, sevimli kinofilmlarini mualliflar qanday tasavvur qilgan bo‘lsa, o‘shanday original aniqlik va tiniqlikda ko‘ra oladi, — ishonch bildirdi LG Home Entertainment prezidenti va bosh ijrochi direktori Brayan Kvon. — Ushbu haftada CES ko‘rgazmasida namoyish etajagimiz ajoyib yangi televizorlar bizning innovatsiyalarga sodiqligimizni va OLED-texnologiyalar va oliy toifadagi televizorlar jahon bozorida yetakchi o‘rnimizni saqlab qolishga bo‘lgan urinishimizni isbotlaydi”.

    Foto: LG

    Foto: LG

    LG kompaniyasining so'nggi avlod OLED-televizorlari, shu jumladan, LG Signature W seriyasi CES-2017 ko‘rgazmasining Las Vegas Convention Center pavilyoni markaziy zali, № 11100 stendida namoyish etildi.

    LG Electronics kompaniyasi haqida

    LG Electronics, Inc. (KSE: 066570.KS) yuqori texnologiyali elektronika mahsulotlari, zamonaviy mobil aloqa vositalari, xo‘jalik texnikalari va innovatsiyalar sohasida jahonning yetakchi kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniyaning butun dunyodagi 119 ta bo‘limida 83000 ming kishi faoliyat yuritadi. LG kompaniyasi to‘rtta bo'lim: Home Entertainment, Mobile Communications, Home Appliance & Air Solution va Vehicle Components’dan tashkil topgan bo‘lib, ularning jahon bo‘ylab 2015-yildagi umumiy savdosi 48,8 milliard dollardan iborat bo‘lgan (56,5 trillion vona). LG Electronics, shuningdek, tekis panelli televizorlar, mobil telefonlar, havo sovutgichlari, kir yuvish mashinalari va muzlatgichlar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, LG Electronics 2015-yilgi Energy Star Partner of the Year mukofoti sovrindori hisoblanadi. Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun LG saytiga murojaat qilishingiz mumkin.

    Reklama huquqi asosida.

    14.01.2017, 20:31   Izoh (0)   8307
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zbektelekom” 14-yanvarda O‘zbekiston to‘lov tizimlari vaqtincha ishlamasligini ma’lum qildi. UZCARD odatdagi tartibda ishlashini bildirdi

    13.01.2017, 18:57

    Nigeriyada mahalliy “Ahmadboy”ning sayti foydalanuvchilar soni bo‘yicha Facebook’dan o‘zib ketdi

    13.01.2017, 18:17

    Pinngle yangi bepul messenjeri o‘zbek tiliga o‘girildi

    13.01.2017, 17:40

    Nokia 8 flagmani CES 2017 ko‘rgazmasida yashirincha bo‘lib qaytdi (video)

    13.01.2017, 15:25

    “Yandeks” noutbuk solish uchun cho‘ntagi bo‘lgan tolstovkalarni chiqardi

    13.01.2017, 11:34

    Niderlandiyada barcha poyezdlar shamol energiyasida harakatlanadigan bo‘ldi

    13.01.2017, 04:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatadi

    Dunyo | 8 avgust, 23:45

    Toshkent viloyatida mashina ustiga chiqib salyut uchirgan bloger 7 sutkaga qamaldi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 23:30

    Braziliyada sigir uch kunda rekord miqdorda 343 litr sut berdi

    Dunyo | 8 avgust, 23:14

    Ukraina bilan urush boshlanganidan beri Qodirovlar oilasi 150 taga yaqin mukofot oldi

    Dunyo | 8 avgust, 22:50

    “Hech kim yo‘qligi uchun bergandim”: 5-sinf o‘g‘liga mashina rulini topshirib qo‘ygan otaga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:35

    Tramp ma’muriyati muhojirlarni Luiziana qamoqxonasiga joylashtiradi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 22:25

    Toshkentda elektr taʼminotini yaxshilash uchun ikki yilda 2,8 trln so‘m sarflandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:23

    O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdori oshiriladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:09

    Kutilmagan zarar: idish-tovoq yuvish geli bilan tozalash mumkin bo‘lmagan 5 ta buyum

    Ayollar sahifasi | 8 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.