Qatar poytaxti Dohada qishki yig‘in o‘tkazayotgan Xitoyning “Shanxay SIPG” futbol klubi o‘zining ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. Bu haqda “Championat.asia” nashri ma’lumot berdi.
Raqib Belgiya chempionati vakili “Eypen” bo‘lib, Odil Ahmedov uchrashuvning boshlang‘ich tarkibidan joy olmadi. Oskar va Xalk esa aksincha, dastlabki 11 nafar futbolchi orasiga kiritildi.
Ikkinchi bo‘limga kelib Villash-Boash Odil Ahmedovni maydonga tushirdi. E’tiborli jihati, uchrashuv yakuniga qadar O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Xitoy klubi futbolchilariga ham sardorlik qildi.
O‘yin Belgiya klubining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Undagi yagona gol 77-daqiqaga kelib penaltidan kiritildi. Muallif — Florian Tolemas.
Ma’lumot uchun, “Eypen” Qatar yig‘ini doirasidagi birinchi o‘rtoqlik o‘yinini Germaniyaning “Bavariya” klubiga qarshi o‘tkazgan va 0:5 hisobida imkoniyatni boy bergandi. “Shanxay SIPG” esa “Eypen”ga qadar Saudiyaning “Al-Batin” klubini 2:1 hisobida taslim qilgan bo‘lib, Odil Ahmedov bellashuvni boshlang‘ich tarkibda o‘tkazgan, Oskar hamda Xalk esa ikkinchi bo‘limga kelib maydonga chiqarilgandi.
Izoh (0)