Bolqon yarim oroli va Yevropada oxirgi o‘n yilliklar davomidagi eng sovuq ob-havo tufayli o‘nlab insonlar halok bo‘ldi. Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, qurbonlar soni 73 kishini tashkil qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Bir muddat ilgari qurbonlar soni 16 kishini tashkil qilgani bildirilgan edi.
Oxirgi marta bu qadar sovuq ob-havo ko‘rsatilgan mintaqada 1963-yili kuzatilgan edi. Tungi paytda havo harorati Selsiy bo‘yicha minus 20 darajagacha tushmoqda. Shu haftaning o‘zida Bolqon mamlakatlarida 15 kishi muzlab qoldi, ularning ko‘pchiligi keksalar va uysizlardir.
Izoh (0)