Meksika prezidenti Enrike Penya Nyeto AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning ikki davlat chegarasida devor qurishni boshlash rejalariga izoh berib o‘tdi. Uning so‘zlarini 11-yanvar kuni “KiyevSMI” keltirdi.
Uning so‘zlariga qaraganda, Meksika AQSh bilan savdo, xavfsizlik va migratsiya masalalarida munosabatlarni yaxshilashga harakat qiladi, ammo devor qurish uchun pul to‘lamaydi.
Donald Tramp o‘z saylovoldi kampaniyasida Meksika bilan chegarada devor qurib, shu yo‘l bilan u yerdan kelayotgan noqonuniy muhojirlar oqimini kamaytirishga va’da bergan edi. 11-yanvar kuni u mazkur rejalarini esga oldi va ular albatta amalga oshirilishini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)