• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev aholiga transport xizmatlari ko‘rsatishni yaxshilashga qaratilgan qarorni imzoladi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-yanvar kuni “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Qaror avtotransport xizmatlari bilan ta’minlash sohasini yanada takomillashtirish, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish hamda mamlakat shahar va qishloqlarida aholi bandligi muammolarini hal etishda avtotransport xizmatlari ko‘rsatishning rolini kuchaytirish, yo‘lovchilar tashish xavfsizligini oshirish va atmosferaga zararli tashlamalarni qisqartirish maqsadida qabul qilindi. Buning uchun 2017–2021-yillarda shaharlar va qishloqlarda avtotransport xizmatlarini yanada rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.

    Bu davr mobaynida 303 ta yangi yo‘lovchi tashish yo‘nalishi, ulardan 240 tasini (79,2 foizi) shahar atrofida va qishloq joylardan o‘tadigan shaharlararo qatnovlarda ochish nazarda tutilmoqda. Yangi yo‘nalishlar ochish bilan birgalikda, asosan avtobuslar yetishmasligi tufayli qatnov to‘xtatilgan yo‘nalishlar tiklanadi.

    Kelgusi besh yilda 8600 ta yo‘lovchi tashish avtomobili, shu jumladan, 5700 ta umumiy foydalanishga qulay mikroavtobus sotib olinadi.

    Avtostansiyalar, to‘xtash bekatlari yengil konstruksiyalardan va asosan mamlakatda ishlab chiqarilayotgan arzon materiallardan (metall konstruksiyalar, sendvich-panellar va shu kabilardan) foydalangan holda namunaviy loyihalar bo‘yicha quriladi.

    Yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida avtobus va mikroavtobuslarning ishini masofadan onlayn rejimida (GPS) doimiy kuzatishni.

    2018-yilning 1-iyul sanasiga qadar Nukus shahri va viloyatlar markazlarida shahar yo‘lovchilar transportida yo‘l haqini bank plastik kartochkasida naqd pulsiz to‘lash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilgan.

    O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga tarkibiy va institutsional o‘zgartirish, xizmatlar bozori shakllanishi va rivojlanishiga hamda avtomobillarda tashish xavfsizligi masalalarini hal qilish uchun maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi sifatida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish madaniyati va sifatini oshirishga yo‘naltirilgan kompleks amaliy chora-tadbirlarning ishlab chiqilishini va tizimli asosda amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish yuklanmoqda. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining aholi bilan veb-sayt, “ishonch telefonlari” orqali muloqotining amaliy mexanizmi ta’minlanadi.

    Kelgusi besh yil mobaynida Dasturni moliyalashtirishga 840 milliard so‘mdan ziyod, asosan “O‘zavtosanoat-lizing” va boshqa lizing kompaniyalarining mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari, xususiy investorlarning o‘z mablag‘lari, shuningdek, mahalliy budjetlar mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar yo‘naltiriladi.

    Qarorda lizing kompaniyalari va tashuvchilarning o‘zlari yangi sotib oladigan mikroavtobuslar uchun Respublika yo‘l jamg‘armasiga to‘lanadigan yig‘im to‘lovidan ozod qilinishi nazarda tutilgan.

    Chetdan keltiriladigan va respublikada ishlab chiqarilmaydigan, avtobuslar va mikroavtobuslarning ishini onlayn rejimida (GPS) muntazam tarzda masofadan kuzatib borishni, shuningdek, yo‘lkirani naqd pulsiz to‘lash tizimini joriy etish uchun mo‘ljallangan barcha materiallar, asbob-uskunalar, detallar bojxona to‘lovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinishi ham nazarda tutilmoqda.

    Bundan tashqari, yuridik shaxslar shahar atrofidagi va viloyatlar ichidagi shaharlararo yo‘nalishlarda (qishloq joylarda) avtobuslarda yo‘lovchilar tashish hajmi bo‘yicha yagona soliq to‘lovidan ozod qilinmoqda.

    Qarorning amalga oshirilishi yo‘lovchilar tashish xavfsizligini, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish madaniyati va sifatining yuqori darajasini, jamoat transporti yo‘nalishlaridagi transport vositalari harakatining belgilangan jadvallari va oraliqlari maromiga rioya etilishini, avtotransportda yo‘lovchilar tashish sohasida iste’molchilarning huquqlari samarali himoya qilinishini hamda tashuvchilarning moliyaviy barqarorligini ta’minlashga ko‘maklashadi.

    11.01.2017, 19:51   Izoh (0)   50907
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Oqsaroy”dagi Islom Karimov muzeyi, Trampni obro‘sizlantiruvchi ma’lumotlar, Rossiyani barcha musobaqalardan chetlatishga tayyorlanayotgan sport hamjamiyati va kun...

    11.01.2017, 19:14

    “Mikrokreditbank”: Har bir xonadonga boramiz

    11.01.2017, 13:33

    O‘rtamiyona va nostandart IELTS tayyorlov tizimidagi kamchiliklarga barham berayotgan o‘quv markazi haqida

    11.01.2017, 12:11

    Behzod Yo‘ldoshev Fanlar akademiyasining prezidenti etib saylandi

    11.01.2017, 11:14

    Namanganda Ibratga bag‘ishlangan vodiyda yagona majmua barpo etiladi

    11.01.2017, 10:04

    Toshkentdagi qator ko‘chalarga yangi nomlar berildi

    11.01.2017, 10:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatadi

    Dunyo | 8 avgust, 23:45

    Toshkent viloyatida mashina ustiga chiqib salyut uchirgan bloger 7 sutkaga qamaldi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 23:30

    Braziliyada sigir uch kunda rekord miqdorda 343 litr sut berdi

    Dunyo | 8 avgust, 23:14

    Ukraina bilan urush boshlanganidan beri Qodirovlar oilasi 150 taga yaqin mukofot oldi

    Dunyo | 8 avgust, 22:50

    “Hech kim yo‘qligi uchun bergandim”: 5-sinf o‘g‘liga mashina rulini topshirib qo‘ygan otaga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:35

    Tramp ma’muriyati muhojirlarni Luiziana qamoqxonasiga joylashtiradi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 22:25

    Toshkentda elektr taʼminotini yaxshilash uchun ikki yilda 2,8 trln so‘m sarflandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:23

    O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdori oshiriladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:09

    Kutilmagan zarar: idish-tovoq yuvish geli bilan tozalash mumkin bo‘lmagan 5 ta buyum

    Ayollar sahifasi | 8 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.