Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida Farg‘ona vodiysidagi ilk bosmaxona — “Matbaaiya Is’hoqiya”ga asos solgan Is’hoqxon to‘ra Ibratga bag‘ishlangan majmua barpo etiladi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatida bo‘lib o‘tgan saylovoldi uchrashuvida To‘raqo‘rg‘onda tavallud topgan atoqli ma’rifatparvarga atab majmua yaratish tashabbusini ilgari surgandi. Shundan so‘ng viloyat hokimining tegishli qarori qabul qilindi va 2,2 gektar maydonni egallaydigan “Ibrat” majmuasini loyihalashtirish ishlari yakuniga yetkazildi.
Majmua tarkibidan Ibratga bag‘ishlangan muzey, xorijiy tillar maktabi (ma’rifatparvar 7 tilni mukammal bilgan) va zamonaviy bog‘ o‘rin olishi ko‘zda tutilgan. Qurilish ishlari mart oyida boshlanadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)