AQShning Michigan shtatida Bob ismli erkak itining sadoqati tufayli sovuqdan omon qoldi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
31-dekabr kechasi Bob uyda televizor ko‘rib, ko‘chaga chiqmadi. U bilan iti — Kelsi laqabli retriver bor edi. Reklama ketayotgan paytda Bob kaminga o‘tin olib kelish uchun hovliga chiqdi.
Erkak shoshganidan yiqilib tushdi va bo‘yin umurtqalarini sindirib oldi. Natijada u harakatlana olmay qoldi.
Qo‘shnilar uning yordam chaqirig‘ini eshitmadi. Faqatgina sadoqatli it uning ovozini eshitib, yetib keldi. It xo‘jayinining yonida yotib, yungi va badani tafti bilan uni isitib turdi. Bundan tashqari, u baland ovozda hurib turdi.
Qo‘shnilar faqat ertasi kuni bu ovozlarni eshitdi va tez yordam mashinasini chaqirdi. Erkak 20 soat davomida ayozda yotishga majbur bo‘ldi. It xo‘jayini muzlab qolmasligi uchun uning yuzi va qo‘llarini yalab turdi. Iti tufayli Bobning hech qayeri muzlab qolmadi.
Shifoxonada Bob operatsiyadan o‘tkazildi, endi u yana qo‘l va oyoqlarini qimirlata oladi.
Izoh (0)