10—15-yanvar kunlari Xitoy, Islandiya, Xorvatiya va Chili terma jamoalari ishtirok etadigan China cup—2017 turniri bo‘lib o‘tishi avvalroq xabar qilingandi. Kecha — 10-yanvar kuni yarim finalning ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda mezbon Xitoy terma jamoasi Islandiyaga qarshi saf tortdi.
JCh—2018 saralashida O‘zbekiston bilan bir guruhdan joy olgan xitoyliklar uchrashuvni 0:2 hisobida boy berdi, deb yozdi O‘FF matbuot xizmati. Gollarning birinchisi 64-daqiqada Finbonnason tomonidan, ikkinchisi 88-daqiqada Sigurdarson tomonidan urilgan.
Bugun — 11-yanvar kuni yarim finalning ikkinchi juftligida Chili va Xorvatiya terma jamoalari maydonga tushadi. G‘olib jamoa 15-yanvar kuni China cup—2017 g‘olibligi uchun Islandiyaga qarshi saf tortadi. Mag‘lub tomon turnirning 3-o‘rin sohibini aniqlash uchun Xitoy bilan bellashadi.
Ma’lumot uchun, Xitoy terma jamoasi JCh—2018 saralashining “A” guruhida 2 ochko bilan so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. 4-turdan keyin bor-yo‘g‘i 1 ochko qo‘lga kiritilgach, Xitoy futbol federatsiyasi amaldagi bosh murabbiy Gao Xanboga chiqish eshiklarini ko‘rsatib, uning o‘rniga italiyalik Marchello Lippini bosh murabbiy qilgandi.
Ayni vaqtda Lippi dunyoda eng katta maosh oladigan futbol murabbiyi hisoblanadi. Uning boshqaruvida Xitoy JCh—2018 saralashida Qatar bilan maydonga tushib, 0:0 hisobiga imzo chekkandi. O‘sha uchrashuvdan taxminan 1 hafta oldin Lippi Xitoy termasini qabul qilib olgandi.
2006-yil Italiya bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritgan mutaxassis bunga qadar ham Xitoyda faoliyat olib borib, “Guanjou Evergrand” klubini avvaliga mamlakat, keyin esa Osiyo chempionlar ligasi g‘olibi qilgan. 10-yanvar kuni Xitoy ustidan 2:0 hisobida zafar quchgan Islandiya terma jamoasi esa Yevro—2016 musobaqasining chorak finaliga qadar yetib borgandi.
China cup—2017 Yarim final 10-yanvar, seshanba
Xitoy — Islandiya 0:2
Gollar: Finbonnason, 64 (0:1). Sigurdarson, 88 (0:2).11-yanvar, chorshanbaChili — Xorvatiya
Izoh (0)