Nukus shahrining markazida yangi savdo markazi ishga tushirildi. Bu yerda aholi dasturxoniga 15 dan ortiq turdagi go‘sht va go‘sht mahsulotlari taqdim etilmoqda, deb xabar beradi O‘zA.
Tadbirkor Bekpo‘lat Qo‘simbetov tashabbusi bilan bunyod etilgan markazda sotuvchilar uchun ham, xaridorlar uchun ham barcha qulaylik yaratilgan. Shu yerning o‘zida xaridor talabiga ko‘ra go‘shtni maydalab, qiyma ham tayyorlab beriladi. Yosh bolali xaridorlar uchun bolalar aravachasi qo‘yadigan maxsus joy ajratilgan.
Yangi savdo markazi ish boshlashi bilan kasb-hunar kollejlarini bitirgan 10 nafar yosh mutaxassis doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi.
Izoh (0)