Amerikalik Isayya Adams Merilend shtatidagi Kanningem-Folls bog‘i sharsharasi yonida turib sevgan qizi Greysning qo‘lini so‘radi. Greys “ha” deb javob berdi, biroq Isayya uning qo‘liga uzuk taqmoqchi bo‘lganda uzuk sirg‘anib ketib, suvga tushib ketdi, deb yozadi Meduza.
“Men dastlab baxtiyorligimdan yig‘layotgan edim, so‘ngra dahshatdan yig‘lay boshladim”, — deydi Greys.
Uzuk topilmadi. Shunga qaramasdan ular turmush qurishni rejalashtirmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)