AQShning Alabama shtati, Taskalusa shahrida noma’lum shaxs shtat universitetining yuridik fakulteti binosi qarshisida joylashgan Alabama Credit Union bankida odamlarni garovga oldi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Voqea joyiga politsiya, FQB, muzokarachilar hamda SWAT maxsus kuchlar vzvodi yetib keldi. Garovga olinganlar soni hamda jinoyatchining shartlari aniqlashtirilmoqda.
Taskalusa politsiyasi vakili Tina Richardsonning so‘zlariga qaraganda, bo‘layotgan voqealar talonchilikka o‘xshamayapti. Qurollangan shaxs bank binosiga mahalliy vaqt bilan ertalabki soat 8:30 da kirgani bois u faqat bank xodimlarini garovga olgani taxmin qilinmoqda.
Alabama universiteti hali qishki ta’tildan chiqqani yo‘q, lekin, shunga qaramay, oliygoh kampusi xavfsizlik maqsadlarida yopib qo‘yildi.
Izoh (0)