Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Yaponiyaning Seuldagi elchisi Yasumasa Nagamine va Pusandagi bosh konsul Yasuxiro Morimoto Janubiy Koreyani 9-yanvar, dushanba kuni tark etadi. Ular Pusandagi bosh konsullik qarshisida yapon bosqini davrida jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan koreys ayollariga haykal o‘rnatilishi munosabati bilan Tokio tomonidan chaqirib olingandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda

Foto: EPA

Foto: EPA

“Bunday harakatlar ikki tomonlama munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, buni qabul qilib bo‘lmaydi. Biz Janubiy Koreya tomoniga mazkur masalani tegishli tartibda hal etish taklifi bilan bir necha bor murojaat etgandik, biroq bunga hech qanday javob bo‘lmadi”, — deya ta’kidladi Yaponiya vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosixide Suga.

Shuningdek, Tokio valyuta almashinuvi bo‘yicha maslahatlashuvlarni to‘xtatish, iqtisodiy masalalar yuzasidan muzokaralarni qoldirishga qaror qildi.

Janubiy Koreya tashqi ishlar vazirligi mazkur voqealar munosabati bilan Yaponiya elchisini chaqirtirdi, shuningdek, Tokioning qarorini “o‘ta achinarli” deb baholadi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)