Samsung kompaniyasining Hindistondagi bo‘linmasi “Qayerda bo‘lishingizdan qati’y nazar, sizga g‘amxo‘rlik qilamiz” deb nomlangan ta’sirli reklama roligini taqdim etdi, deb yozadi TJournal.
Videoda mamlakatning eng chekka tumanlariga yetib borayotgan sayyor servis xizmatining imkoniyatlari namoyish etilgan.
Rolikda televizori ishlamay qolgan qizga yordamga shoshilayotgan Samsung muhandisi haqida hikoya qilinadi. U yo‘lda uchragan to‘siqlar va qiyinchiliklarga qaramasdan, aytilgan vaqtda buyurtmachining uyiga yetib keladi.
Aytilgan joyga yetib kelgach, muhandisning xafsalasi pir bo‘ladi — unga telefon orqali buyurtma bergan qizning ko‘zi ojiz, texnik yordam so‘ragan joy esa ko‘zi ojiz bolalar uyi bo‘lib chiqadi.
Biroq muhandisning vaqtida ko‘rsatgan ko‘magi sabab, hindistonlik bolakaylar o‘z do‘sti — ko‘zi ojiz qizning konsert tomoshasidagi chiqishini tinglashga muvaffaq bo‘ladi.
Samsung Hindistonda 3 mingdan ortiq servis xizmati shoxobchalarini ochgan, shuningdek, mamlakatning chekka hududlaridagi mijozlarga yordam ko‘rsatish uchun 535 texnik xizmat avtomobilni yo‘lga qo‘ygan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)