“O‘zstandart” agentligi rasmiy saytida agentlik bosh direktorining virtual qabulxonasi ishga tushirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Sayt orqali onlayn murojaat yuborish shakli hamma uchun tushunarli va sodda tuzilgan. Murojaatlar o‘z vaqtida hamda ijobiy ko‘rib chiqilishi uchun har bir masala alohida va tushunarli tilda yo‘llanishi maqsadga muvofiqdir. Saytda murojaat natijasini (javob berilgan-berilmaganini) tekshirish mumkin. Onlayn murojaatlarda elektron raqamli imzo talab qilinmaydi.
Agentlik markaziy apparatida murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha ishchi guruhi faoliyat yuritmoqda. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan har bir masala agentlik majlislarida muntazam muhokama qilinmoqda va ular mamlakatimiz qonunchiligi doirasida hal etilmoqda.
Izoh (0)