Sinay yarim orolining shimolidagi nazorat-o‘tkazish punktiga xudkush terrorchi portlovchi modda to‘ldirilgan chiqindi tashuvchi mashinada hujum uyushtirdi. Buning oqibatida o‘n kishi halok bo‘ldi, 22 kishi yaralandi, deb xabar beradi “Vedomosti”.
Voqea al-Arish shahrida ro‘y berdi. Yuk mashinasi o‘tkazish punktiga kelib urilganidan so‘ng bir necha niqobli jangari punkt yaqinidagi politsiyachilarni granatomyotlardan o‘qqa tutdi.
Politsiya binosining uch qavati vayron qilindi. Jasadlarni vayronalar ostidan olib chiqishga to‘g‘ri keldi.
Qurbonlarning bir nafari oddiy fuqaro edi.
Qurbonlar soni ortishi mumkinligi aytilmoqda.
Izoh (0)