Futbol bo‘yicha Angliya kubogining 1/32 final uchrashuvlari o‘z yakuniga yetdi. Unga ko‘ra, 6 uchrashuv durang bilan nihoyasiga yetgani uchun, qaytadan o‘tkaziladi.
O‘z maydonida quyi liga vakili hisoblangan “Plimut Argayl”ni qabul qilgan “Liverpul”, 0:0 hisobiga imzo chekdi va o‘zi uchun qo‘shimcha yana 1 ta o‘yin tilab oldi.
Uchrashuv boshlang‘ich tarkibiga Yurgen Klopp bir qator yetakchi futbolchilarni kiritmadi. 60-daqiqadan keyin esa birin-ketin Daniel Starrij, Adam Lallana, Roberto Firmino kabi futbolchilarni maydonga tushirdi, biroq o‘zi uchun kerakli natija qayd eta olmadi.
Londonning ikki klubi — “Chelsi” va “Tottenhem” esa qiyinchiliksiz navbatdagi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Angliya kubogining 1/32 final o‘yini “Siti”ning yirik g‘alabasi bilan boshlangan bo‘lsa, keyinroq “Yunayted”, “Arsenal”, “Lester” kabi klublarning navbatdagi bosqichga yo‘llanma olishi bilan davom etgandi.
Angliya kubogi 1/32 final 8-yanvar, yakshanba
Izoh (0)