Belarusning xavfsizligini va barqarorligini ta’minlash davlat oldida turgan asosiy vazifadir. Bu haqda mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenko bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Bizning bosh maqsadimiz — barqarorlikni ta’minlash. Qolganini topib olamiz. Asosiysi — tinchlik va barqarorlik”, — dedi u Minskdagi Svyato-Duxov kafedral soboriga tashrifi chog‘ida.
Bundan tashqari, davlat rahbari Belarusning asosiy prinsipi boshqalarni ham, o‘zini ham hurmat qilish va bu hurmatni yo‘qotmaslik ekanligini aytib o‘tdi.
“Biz birov belarus xalqini kamsitishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Xalq or-nomusi birinchi o‘rinda turadi. Agar kimdir buni tushunmasa, u bilan munosabat qurish tugul, gaplashishimiz ham qiyin bo‘ladi”, — dedi Lukashenko.
Izoh (0)