Bag‘dod va Anqara Turkiya qo‘shinlarining Iroq shimolidagi Ba’shika aholi punkti yaqinidagi harbiy bazadan olib chiqilishi yuzasidan kelishuvga erishdi. Bu haqda Iroq bosh vaziri Haydar al-Abadiy bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
Rasmiy Bag‘dod Turkiya qo‘shinlarini Iroq shimolidan olib chiqishini bir necha bor talab qilgan edi. Ba’shikada turk askarlarining turishi, Iroq hukumatining fikricha, mamlakat ichki ishlariga aralishish hamda uning suverenitetini buzishdir.
Izoh (0)