• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tojikiston–Afg‘oniston chegara hududlaridagi vaziyatga oid

    Mavjud ma’lumotlar tahliliga ko‘ra, Tojikiston Respublikasi tomonidan bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirilishiga qaramasdan, tojik–afg‘on chegarasidagi vaziyat nobarqaror holatda qolmoqda. Bunga bir nechta omillar, jumladan, Afg‘oniston shimolidagi harbiy-siyosiy vaziyat, narkotik moddalar ishlab chiqarish laboratoriyalarining mavjudligi va narkotik savdo yo‘lining shu hududdan o‘tishi, noqonuniy qurollangan guruhlar, kontrabanda bilan shug‘ullanuvchilar va turli radikal ekstremistik guruhlarning ko‘payishi ta’sir etmoqda.

    Foto: “Trend.az”

    Foto: “Trend.az”

    Bugungi kunda tojik–afg‘on chegarasida Tojikiston chegara qo‘shinlariga noqonuniy qurollangan guruhlar va kontrabanda bilan shug‘ullanuvchilar tomonidan qurolli hujumlarini ortishi kuzatilmoqda.

    Xususan, 2015-yil sentabr oyida 12 kunlik “qo‘lga olish” rejasiga asosan Tojikiston Ichki ishlar vazirligi, Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi va Mudofaa vazirligining bo‘linmalari ishtirokida Xatlon viloyatidan o‘tuvchi va Dushanbe bilan Tog‘li Badaxshonni bog‘lovchi avtomagistral yo‘liga 30 ga yaqin blokpostlar qo‘yilgan. Mazkur rejaga asosan 25 jangari yo‘q qilinib, 125 nafari qo‘lga olingan, 600 ta o‘qotar qurollar va 11 mingdan ortiq turli kalibrdagi o‘q-dorilar qo‘lga kiritilgan. Ushbu vazifani bajarishda 14 ta harbiy xizmatchi va “Alfa” guruhi komandiri polkovnik R. Amakiyev halok bo‘lgan.

    Tojikiston Strategik tadqiqotlar markazining ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi kunda Afg‘onistonning Badaxshon viloyatida 1,5–2 ming, Qunduz viloyatida 4–5 mingga yaqin jangarilar asosan “Tolibon” harakati, “Turkiston islom harakati” va “Jamoati Ansorulloh” jangari guruhlari vakillaridan iborat.

    Shuningdek, Tojikiston chegara qo‘shinlari qo‘mondonining ma’lumotiga ko‘ra, 2015-yilda tojik—afg‘on chegarasini turli jinoiy guruhlar tomonidan 106 marotaba buzishga harakat qilingan, shundan 30 ta qurolli to‘qnashuvda 135 shaxs ushlanib, ulardan 13 ta o‘qotar qurollar va 520 ta boshqa turdagi qurollar hamda 4676 kilogramm narkotik moddalar ushlab qolingan.

    2016-yilda 151 ta chegarani buzish holati qayd etilgan, shundan 19 ta qurolli to‘qnashuvda sakkiz nafar tojik chegarachilari halok bo‘lgan, 121 nafar davlat chegarasini buzgan shaxslar va chegara rejimini buzgan 189 kishi hibsga olingan. Jinoyatchilardan 19 ta o‘qotar qurol, 415 ta turli kalibrli o‘q-dorilar va 275 kilogramm portlovchi moddalar hamda 700 kilogrammdan ortiq narkotik moddalar, 15 kilogramm geroin, 95 kilogramm opiy, 593 kilogramm nasha musodara qilinib, 400 ta kannabis butasi yo‘q qilingan.

    Shuningdek, Tojikiston va Afg‘oniston huquq-tartibot organlari 2016-yilda hamkorlikda 11 ta maxsus operatsiya o‘tkazib, ular davomida 11 nafar jinoiy guruh a’zolaridan 446 kilogramm narkotik vositalar, 331 kilogramm opiy moddasi, 800 litr prekursorlar qo‘lga olinib, geroin ishlab chiqaradigan bitta laboratoriya yo‘q qilingan.

    Dushanbe tomonidan tojik–afg‘on chegara yo‘nalishidan kelishi mumkin bo‘lgan xavfning oldini olish maqsadida chegaralarni mustahkamlash choralari ko‘rilmoqda.

    Xususan, 2015-yilda Tojikiston Respublikasi Qurolli kuchlari tomonidan 32 ta maxsus operatsiya o‘tkazilib, tojik–afg‘on yo‘nalishiga chegara qo‘shinlari bilan Mudofaa vazirligi qo‘shinlari birgalikda jami 16 ming harbiy xizmatchi yordamida chegarani qo‘riqlashni kuchaytirgan. 2015-yil RF Ko‘lobdagi 149-motoo‘qchi gvardiya polkini Dushanbedagi 201-harbiy bazasiga ko‘chirdi. TR Mudofaa vazirligi ushbu harbiy qism o‘rniga o‘zining motoo‘qchi brigadasini joylashtirishga sabab, Ko‘lob tumanidan tojik–afg‘on chegarasigacha bo‘lgan masofa 30 kilometrni tashkil etadi. Ushbu mudofaa sektori motoo‘qchi brigada zimmasiga yuklatildi.

    2016-yilda chegara hududini nazorat qilish maqsadida chegara qo‘shinlari tarkibida maxsus razvedka bo‘linmasi tashkil qilinib, unga yuqori tayyorgarlikka ega bo‘lgan shartnoma asosidagi 500 ta harbiy xizmatchilar jalb qilingan.

    2016-yil davomida Tojikiston chegara qo‘shinlari va boshqa huquq tartibot organlari tomonidan hamkorlikda 29 ta maxsus operatsiya o‘tkazilgan. Mazkur operatsiyalarning 12 tasini chegara qo‘shinlari va milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi birgalikda amalga oshirgan. 2016-yil sentabr oyida Ichki ishlar vazirligi tomonidan “Nelegal-2016” maxsus operatsiyasining birinchi bosqichi yakuniga ko‘ra, Tojikiston fuqaroligi bo‘lmagan (respublika hududida yashash qoidalarini buzgan) 15074 nafar shaxs aniqlangan, shundan 285 nafari ma’muriy javobgarlikka tortilib, 47 nafari sud qarori asosida mamlakatdan chiqarib yuborilgan.

    Dushanbe tomonidan chegara xavfsizligini ta’minlash maqsadida xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish barobarida moddiy yordam ham olmoqda.

    Xususan, tojik–afg‘on chegara yo‘nalishidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfning oldini olish maqsadida 2015-yilda RF 201-harbiy bazasini Mi-8, Mi-24 hujumkor vertolyotlari bilan, 2016-yilda esa 200 ta harbiy texnikalar bilan kuchaytirgan. KXShTga a’zo davlatlar tomonidan 2016-yil “Poisk–2016”, shu yilning sentabr oyida TR Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, chegara qo‘shinlari va maxsus qo‘shinlari bilan 201-baza hamkorlikda “Lyaur” poligonida taktik mashg‘ulotlar o‘tkazilgan.

    Shuningdek, Pekin va Dushanbe hamkorlikda terrorizmga qarshi kurashish markazini tashkil qilish maqsadida 2014-yil aprel oyidan 2020-yilga qadar jami 100 million dollar miqdorida mablag‘ ajratgan.

    XXR tomonidan TR Qurolli kuchlariga 2012-yilda 14 million dollar, 2015-yilda 15 million dollar miqdorida grant sifatida ajratilgan mablag‘lar evaziga 15 ta zirhli harbiy avtomobil, Tog‘li Badaxshon muxtor viloyati, Murg‘ob tumani va To‘xtamish aholi yashash joylarida (tojik–afg‘on yo‘nalishida) statsionar boshqaruv punktlari chegara razvedka qidiruv guruhlari uchun binolar qurib foydalanishga topshirilgan. XXR va TR hamkorlikda Afg‘oniston shimolidagi nobarqaror vaziyatdan kelib chiqib, tojik–afg‘on chegara yo‘nalishida 2015-yil iyun oyida ikki davlat maxsus bo‘linmalari 250 ga yaqin harbiy xizmatchi ishtirokida, 2016-yil 20–24-oktabr kunlari Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatida 10 ming harbiy xizmatchi bilan birgalikda vertolyot aviatsiyasi, zirhli texnika, artilleriya, o‘qotar qurollarini qo‘llagan holatda katta miqyosda taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilgan.

    Shu bilan birgalikda, Yevroittifoqning 2016-yilda TR chegara xavfsizligini ta’minlashga ajratgan grant mablag‘i 8 million dollarni tashkil etgan.

    AQSh tomonidan 2016-yil hisobiga tojik–afg‘on chegarasida terrorizmga qarshi kurashish uchun berilayotgan moliyaviy yordam hajmi 50 million dollar qiymatiga teng bo‘lgan. 2015-yilda Ichki ishlar vazirligi va Chegara qo‘shinlariga 5,7 million dollar qiymatida 87 ta Toyota Hilux rusumli yuk va yo‘lovchi tashiydigan mashina hamda 2016-yilda 3 million dollar qiymatida J8 Jeep Wranglers rusumli 50 ta harbiy mashina berilgan.

    Yuqorida qayd etilgan ma’lumotlar asosida xulosa qilish mumkinki, bugungi kunda tojik–afg‘on chegarasidagi vaziyat nobarqarorligicha qolmoqda. Buning asosiy sabablari AIR hokimiyatidagi siyosiy nobarqarorlik, narkotik moddalar ishlab chiqarish laboratoriyalarining mavjudligi va asosiy narkotik savdo yo‘lining shu hududdan o‘tishi hamda tabiiy geografik jihatdan (tog‘li hudud) murakkabligi tufayli nazorat qilish, harbiy harakatlar olib borish bir qancha qiyinchilik tug‘dirmoqda.

    Umuman olganda, Tojikiston Respublikasi tojik–afg‘on chegara hududida vaziyatning keskinlashishini oldini olish maqsadida davlat chegaralarini mustahkamlash choralarini, shuningdek, mazkur chegara hududlarida noqonuniy qurollangan guruhlar va kontrabanda bilan shug‘ullanuvchilarga qarshi kurash tadbirlarini kuchaytirmoqda.

    Bundan tashqari, KXShT doirasida taktik o‘quv mashg‘ulotlar, RF va AQSh davlatlari bilan ham birgalikda turli xil trening mashg‘ulotlarini o‘tkazib, ushbu mamlakatlardan moddiy texnik yordam olishni davom ettirmoqda. Yaqin istiqbolda radikal ekstremistik guruhlarning faollashuvi, narkotik moddalar savdosining o‘sishi va boshqa omillar ta’sirida tojik–afg‘on chegarasidagi nobarqarorlik saqlanib qoladi.

    Bunday vaziyatda tashqi aktorlar, asosan RFning KXShT doirasidagi faoliyatining faollashuvi kuzatilishi mumkin. Moskva vaziyatdan unumli foydalanish maqsadida Tojikistondagi harbiy bazasini yanada kuchaytirish ehtimoli ortadi.

    Bundan tashqari, mazkur hududlardagi vaziyatning keskinlashishi XXR manfaatlariga ham to‘g‘ri kelmaydi. Shu sababdan XXR tomonidan TRga harbiy-texnik yordam berib, birgalikda taktik o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazib, “Badaxshon–Shinjon Uyg‘ur muxtor tumani” yo‘nalishi bo‘yicha xavfsizlik choralarini kuchaytirishi mumkin.

    Mustaqil tadqiqotchi

    I. O. Babajanov

    06.01.2017, 20:59   Izoh (0)   28458
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Pokistonda motorikshalarning poyezd bilan to‘qnashuvi oqibatida 7 nafar o‘quvchi halok bo‘ldi

    06.01.2017, 17:37

    Eron janubida ro‘y bergan 5,1 magnitudali zilzila tufayli 4 kishi halok bo‘ldi

    06.01.2017, 16:53

    Chad rasmiylari Liviya bilan chegaradagi tumanlarini harbiy operatsiya hududi deb e’lon qildi

    06.01.2017, 15:43

    Isroil sudi qamoq jazosiga hukm qilgan BMT xodimi 12-yanvarda ozodlikka chiqishi ma’lum qilindi

    06.01.2017, 13:53

    AQSh Guantanamo mahbuslaridan 4 nafarini Saudiya Arabistoniga topshirdi

    06.01.2017, 12:06

    Isroil politsiyasi Netanyaxuni korrupsiya haqidagi ish bo‘yicha ikkinchi marta so‘roq qildi

    06.01.2017, 11:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.