Archa yer yuzidagi deyarli barcha mamlakatlarda Yangi yil timsoli sanaladi. Bayramning asosiy qahramoni ko‘chalarda bezatilganida Yangi yil muhiti paydo bo‘ladi. AdMe dunyo bo‘ylab turli mamlakatlarda yasatilgan eng ajoyib archalarning fotogalereyasini taqdim qildi.
Rakvere, Estoniya
Shaharning asosiy maydonida archani eslatuvchi antiqa installyatsiya o‘rnatildi. Konstruksiya oyna romlaridan yasalgan.Rio-de-Janeyro, Braziliya
Braziliyadagi asosiy archa – dunyodagi suzadigan eng uzun archa sanaladi. Uning balandligi 85 metrni tashkil etadi. Har kuni kechasi archada 3 millionga yaqin chiroylar yoqiladi.Lissabon, Portugaliya
Rosiu maydoni “Lissabon yuragi” deb ataladi. Avvallari bu yerda ippodrom bo‘lgan va korridalar o‘tkazilgan. Hozir esa bu yerda yarim shaffof archa o‘rnatilgan.Parij, Fransiya
“Lafayet galereyasi” – fransiyaliklarning shoping makoni. Har yili Rojdestvo va Yangi yilda binoning markaziga 21 metrli archa o‘rnatiladi. Archaning bezaklari har yili o‘zgartiriladi va hech qachon takrorlanmaydi.Bogota, Kolumbiya
Konus shaklidagi antiqa archa Simon Bolivar markaziy parkida o‘rnatilgan.Madrid, Ispaniya
Ispaniya poytaxtidagi shovqinli va quvnov Puerta-del-Sol maydonida 35 metrli archa qad rostlagan.Vilnyus, Litva
Mamlakatning asosiy archasi Kafedral maydonida o‘rnatilgan. U oyna va chiroqli shinamgina uychaga o‘xshaydi.Tbilisi, Gruziya
Tbilisidagi Ozodlik maydonida Avliyo Georgiy haykalida dunyodagi eng original archalardan birini ko‘rish mumkin.Alyaska, AQSh
Shimoliy Amerikada 1976-yildan buyon Yangi yilni alkogolsiz nishonlash an’anaga aylangan.Sian, Xitoy
Xitoy madaniyatida Avliyo Valentin va Xullouin kunlari Rojdestvo bilan birgalikda yanada mashhur sanaladi.Singapur
Singapurdagi Orxideyalar hiyobonida 28 ming Swarovski kristallaridan yasalgan 20 metrli konussimon archa qad rostlaydi. Ushbu archaning ichiga kirsa bo‘ladi.Krakov, Polsha
Krakovda an’anaviy Rojdestvo archasi Ko‘rgazma maydoniga o‘rnatiladi.Taybey, Xitoy
36 metrli oynasimon archa Taybey munitsipaliteti binosi yaqinida o‘rnatilgan. Har kuni kechki payt archa sirtida 3D shoular o‘tkaziladi, yosh bolalar uchun multfimlar namoyish etiladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)