Xitoyning “Shanxay SIPG” futbol klubi yig‘in uchun Qatarga tashrif buyurgani haqida aytilgandi. Getty Images buni tasdiqlab, Shanxaydagi Pudong International Airport’dan fotoreportaj uyushtirdi.
Suratlarda Odil Ahmedov aks etgan. Unga hozir oson deb bo‘lmaydi. Xitoy tilini tushunmaydi, braziliyalik futbolchilar esa o‘zi bilan o‘zi ovora. Vaqti kelib uning ham yonida kimdir paydo bo‘lishi katta ehtimol.
Ayni vaqtda Qatarda bir qator xorijiy klublar bo‘lib turibdi. Masalan, Germaniyaning “Bavariya” klubi. “Shanxay SIPG” nima sababdan Qatarni tanlagani, bu yerda o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkaziladimi yoki yo‘q — ma’lumotning o‘zi yo‘q.
Izoh (0)