Eron tashqi ishlar vazirligi o‘zining bayonotida Turkiyani asossiz ayblovlardan tiyilishga chaqirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
4-yanvar kuni Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li Suriya prezidenti Bashar Asadni sulh shartlarini buzishda ayblagandi. Bunga javoban e’lon qilingan bayonotda Eron TIV Turkiyaning ayblovlarini inkor qildi.
“Suriyada amalda bo‘lgan o‘t ochishni to‘xtatish tartibi doimiy ravishda hukumatga qarshi qurolli muxolif guruhlar tomonidan buzilmoqda”, — deyiladi hujjatda.
Bayonotda ta’kidlanishicha, aynan Turkiya unga ittifoqchi bo‘lgan muxolifatchilar sulhni buzmasligi uchun tegishli choralar ko‘rishi, shuningdek, asossiz ayblovlardan tiyilishi lozim.
Izoh (0)