Konsert vaqtida qo‘liga antiseptik vositani surtgan britaniyalik xonanda Robbi Uilyams 2017-yilning ilk mem-qahramoniga aylandi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
42 yoshli xonanda muxlislar bilan qo‘l ushlashganidan keyin antibakterial suyuqlikni ishlatdi va bir vaqtning o‘zida yuzini burishtirdi.
“Robbi Uilyams qora xalq bilan qo‘l ushlashganidan keyin qo‘lini dezinfeksiya qildi. Biz bunga loyiq ekanmiz”, – deb kinoya bilan yozdi Twitter’dagi foydalanuvchilardan biri.
“Endi qo‘shiqchilik faoliyatiga yakun yasash ham mumkin”, – deya suratga izoh berdi xonandaning muxlisalaridan biri.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)