Angliyaning “Manchester Yunayted” jamaosi bosh murabbiyi Joze Mourinyo xotini Matildaning operatsiya qilinishini bilgach, qariyb 24 soat ichida 2 marta Manchesterdan Lissabonga borib keldi, deb xabar bermoqda “iSport.ua”.
28-dekabr kuni Mourinyoning turmush o‘rtog‘i avvalgi operatsiya asorati tufayli yana bir bor jarrohlik amaliyotiga muhtoj bo‘ldi. Bundan xabar topgan murabbiy shu kuniyoq shaxsiy samolyotida Lissabonga uchdi. Operatsiyadan so‘ng u 29-dekabrga o‘tar kechasi Manchesterga qaytdi.
29-dekabr kuni ertalab 53 yoshli murabbiy jamoa bilan mashg‘ulotda qatnashdi, so‘ngra yana Lissabonga yo‘l oldi. 30-dekabr kuni ertalab Mourinyo “MYu” mashg‘ulotlarida paydo bo‘ldi va “Midlsbro”ga qarshi uchrashuv oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ham qatnashdi.
Qayd etish joiz, Joze Mourinyoning xotiniga aynan qanday jarrohlik amaliyoti o‘tkazilganiga aniqlik kiritilmagan.
Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” jamoasi 31-dekabr kuni “Midlsbro”ga qarshi kechgan APL 19-turida 2:1 hisobida irodali g‘alabaga erishgandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.