Moldovaning yangi saylangan prezidenti, Rossiyaga xayrixoh kuchlar vakili Igor Dodon Yevropaga xayrixoh partiyalar koalitsiyasi boshqaruvi ostidagi parlament bilan ixtilofga borishdan cho‘chimasligini bildirdi. Bu haqda u NTV Moldova telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“O‘z-o‘zidan tushunarliki, munosabatlarimiz tarang bo‘ladi, negaki men bu hokimiyatning ko‘p harakatlaridan rozi emasman. Impichment tahdidlariga kelsak, bir narsani aytishim mumkin — xalq saylagan prezidentni faqat xalq iste’foga chiqarishi mumkin”, — dedi Dodon.
Dodon saylovda Yevropaga xayrixoh kuchlar vakili ustidan g‘alaba qozonib, prezidentlikka saylandi. U tashqi siyosatda Rossiyaga yaqinlashishning faol tarafdori hisoblanadi.
Izoh (0)