Yangi 2017-yil kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar, kompaniyalar rahbarlari va jamoat arboblaridan Prezident va O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, sihat-salomatlik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar izhor etilgan samimiy qutlovlar kelmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti — Vladimir Putin
Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi — Dmitriy Medvedev
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti — Nursulton Nazarboyev
Turkmaniston Prezidenti — Gurbanguli Berdimuhamedov
Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti — Almazbek Atambayev
Tojikiston Respublikasi Prezidenti — Emomali Rahmon
Belarus Respublikasi Prezidenti — Aleksandr Lukashenko
Armaniston Respublikasi Prezidenti — Serj Sargsyan
Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti — Ashraf G‘ani
Ispaniya Qiroli — Felipe VI
Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti — Yoaxim Gauk
Buyuk Britaniya Bosh vaziri — Tereza Mey
Polsha Respublikasi Prezidenti — Anjey Duda
Islandiya Prezidenti — Gvyudni Torlasiyus Youxannesson
Kuvayt Davlati Amiri — Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh
Mo‘g‘uliston Prezidenti — Saxiagiyn Elbegdorj
Yangi Zelandiya General gubernatori — Petsi Reddi
MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi — Ijrochi kotibi — Sergey Lebedev
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti — Tomas Bax
Lotte Group kompaniyasi prezidenti — Shin Dong Bin
G. V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti rektori —Viktor Grishin
Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi doimiy vakili — Stefan Prisner
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.
Izoh (0)