2014—2016-yillarda amalga oshirilgan “O‘zbekistonda nogiron shaxslar va yolg‘iz keksalarga professional ijtimoiy xizmat ko‘rsatish” loyihasi 17 mingga yaqin bunday kimsalarni qamrab oldi, deya xabar bermoqda UzDaily.
Loyiha Ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risidagi qonun loyihasini, hukumatning ijtimoiy himoya sohasidagi qator loyihalarini tayyorlashda hamkorlik qildi.
Loyiha amalga oshirilishi natijasida davlat ijtimoiy xizmatlari va ijtimoiy ko‘mak olishga huquqi bo‘lgan shaxslar kategoriyasi kengaytirildi. Xususan, pensioner bo‘lmagan (yosh bo‘yicha nafaqa oladigan) yolg‘iz keksalar va nogironlar har oyda oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena vositalari to‘plamini ola boshladi. Ushbu to‘plamdagi mahsulotlar va tovarlar soni 9 dan 15 tagacha, umumiy narxi esa ikki karra oshdi.
Loyiha ko‘makka ehtiyojmand bo‘lgan va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bilan qamrab olinmagan yolg‘iz keksalar va nogironlarni aniqlash uchun har choraklikda xonadonlar aylanib chiqiladigan bo‘ldi. Faqat Toshkent shahri va viloyati bo‘yicha 2016-yil davomida xonadonlar aylanib chiqilishi natijasida 150 ga yaqin kishi oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena vositalari to‘plami bilan bepul ta’minlash dasturiga kiritildi, 300 ga yaqin kishi esa uyda ko‘rsatiladigan xizmatlarga ega bo‘ldi.
Izoh (0)