O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tarkibidagi O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi direktori Sh.Teshayevning internetdagi virtual qabulxonasi ishga tushdi. Bu haqda markaz matbuot xizmati xabar bermoqda.
Endi markaz faoliyati bilan bog‘liq savollar, mavjud muammo va masalalar yuzasidan murojaatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri virtual qabulxonaga yuborish mumkin.
O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot institutlari, konstruktorlik byurolari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari hamda boshqa ilmiy va ilmiy-yordamchi tashkilotlarning birlashmasi hisoblanadi.
Izoh (0)