Italiyada Ferrero kompaniyasi rahbarlaridan biri Uilyam Selis 83 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Selis ichida sovg‘a joylashgan shokoladli tuxum — “Kinder-syurpriz”ni yaratgan. U mazkur shirinlikni 1970-yillarda o‘ylab topgan edi. Shokolad 1974-yili sotuvga chiqarilgan.
Bundan tashqari, Selis Ferrero Rocher konfetlarini o‘ylab topgani bilan mashhur.
Selis 2007-yili nafaqaga chiqdi. U Italiyaning Pavia shahrida yurak xurujidan vafot etdi.
Izoh (0)