27-dekabr kuni Minsk traktor zavodi yangi yil tomoshasini uyushtirdi. Uning eng diqqatga sazovor qismi raqsga tushayotgan traktorlar shousi bo‘ldi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Tomosha zavodning kirish qismida namoyish etildi. Shouda oltita “Belarus” kishik gabaritli traktori ishtirok etdi. Ular bastakorlar Georgiy Svirdov va Richard Klayderman musiqa sadolari ostida vals va tangoga raqsga tushdi.
Tomoshabinlar raqsga tushayotgan traktorlardan tashqari Belarus yulduzlari konsertini tomosha qilishlari mumkin edi, shuningdek, yeguliklar taklif qiluvchi chodirlar o‘rnatilgan.
Traktorlar tomoshasi 20 daqiqaga yaqin davom etgan. Tadbir esa lazer shousi va mushakbozlik bilan yakunlangan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)