Moskvalik ayol uyga chaqirilgan xususiy klinika shifokori ukol qilgan anestetikdan so‘ng olamdan o‘tdi. Klinika litsenziyaga ega emas edi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Poytaxt tergov organlari voqea yuzasidan tekshiruvlarni boshladi. Tergov versiyasiga ko‘ra, 27-dekabr kuni ayol tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun litsenziya olmagan tijoriy tashkilotga murojaat qilgan. Xonadonga yetib kelgan tibbiyot xodimi ayolga “Lidokain” preparatini emlagan. Birozdan so‘ng ayolning ahvoli yomonlashib, u olamdan o‘tgan.
Sud-tibbiyot ekspertizasi belgilandi. Tergovchilar klinika xodimi va rahbarining xatti-harakatlarini huquqiy baho berilishini va’da qilmoqda.
Izoh (0)