Amerikalik olti yoshli qizcha Eshlind Xauell onasining iPhone smartfoniga o‘rnatilgan biometrik himoyani noodatiy usul bilan chetlab o‘tdi, deb yozadi TJournal.
Touch ID’ni aldashga erishgan qizcha onasi unga Amazon’dan xarid qilishni rad etgan o‘yinchoq pokemonlar buyurtmasiga to‘lovni amalga oshirdi.
Eshlind uxlayotgan onasiga yaqinlashib, uning barmog‘ini smartfonga tekkizdi, shundan so‘ng 250 dollarga 13 ta xaridni amalga oshirdi. Qizchaning onasi uyg‘ongandan so‘ng yechib olingan mablag‘lar haqidagi xabarni ko‘rib, telefonini buzib kirishdi degan xayolga bordi.
Shunda Eshlind onasiga xavotir olmaslikni, xaridlarni u amalga oshirganligini bildirgan. Bettanining so‘zlariga qaraganda, qiz bu ishidan juda mag‘rurlanib, barcha o‘yinchoqlar uyga yetkazilishiga va’da bergan. Ayol faqat to‘rtta buyurtmani bekor qila olgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)