AQShning Google korporatsiyasi xodimlariga Rossiyaga maxsus ruxsatsiz borishni taqiqladi. Bu haqda, Firrma nashriga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Shu bilan birga, Google’ning Rossiyadagi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha direktori Alla Zabrovskaya bunday taqiq haqida eshitmaganini ma’lum qildi.
“Xodimlar Rossiyaga komandirovkaga qanday kelgan bo‘lsa, shunday kelib yuribdi”, — dedi ayol.
O‘z navbatida, Firrma bu xabarga asos sifatida Google bosh targ‘ibotchisi Jeymi Kasapning kuzda Rossiyada o‘tadigan IT-tadbiri tashkilotchilariga yo‘llagan maktubini ko‘rsatgan edi.
“Afsuski, menda noxush xabarlar bor. Men hozirgina Google’ning yuridik bo‘limi tomonidan boxabar etildimki, tadbiringizda ishtirok etish taklifini qabul qila olmayman. Ular menga safar uchun tegishli ruxsatni bera olmaydi”, — deyiladi maktubda.
Yuridik bo‘linmaning bunday qarorini targ‘ibotchi Rossiya hukumatining Google’ga qarshi ayrim huquqiy xatti-harakatlari bilan bog‘ladi. Shu asosda nashr endilikda kompaniya xodimlariga Rossiyaga kelish uchun maxsus ruxsatnoma talab etilishi haqida xulosa qildi.
Izoh (0)