Hali taqdim etilmagan ikkita Nokia smartfonlari fotosuratlari Gizmo China va The Android Soul insayderlarida chop etildi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. Bundan tashqari, ikkinchi resurs smartfonlar prototiplari suratlarini taqdim etdi.
Nokia CES 2017 ko‘rgazmasiga yangi smartfonlarini keltirishi kutilmoqda. Birinchi qurilma — 5 dyuymli Full HD-ekran, Snapdragon 430 protsessori va 3 Gb tezkor xotiraga ega D1C smartfoni bo‘lib, suratlarda u Lumia’ni eslatadi.
Ikkinchi smartfon esa HTC 10’ga o‘xshab ketadi, u 5,5 dyuymli ekran bilan jihozlanadi. Barmoq izi skaneri “Uyga” tugmasi ostida joylashadi.
Insayderlar, shuningdek, D1C taxminan 150 dollar, 5,5 dyuymli varianti esa 200 dollardan sotilishini ma’lum qildi.
Qurilmalarni rasmlar orqali solishtirish mumkin:
Izoh (0)