O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligining rasmiy saytida iqtisodiyot vazirining virtual qabulxonasi ochildi. Bu haqda vazirlik saytida ma’lum qilindi.
Virtual qabulxona orqali jismoniy hamda yuridik shaxslar iqtisodiyot vazirligiga o‘z arizalari, shikoyatlari, takliflari hamda vazirlik faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir so‘rovlarini yuborishi mumkin.
Vazirlikka yuborilayotgan murojaatlarning o‘z vaqtida hamda ijobiy ko‘rib chiqilishi uchun har bir masala bo‘yicha alohida va ravon tilda murojaat yo‘llanilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Virtual qabulxona orqali murojaat yuborishda elektron raqamli imzo bo‘lishi talab qilinmaydi.
Iqtisodiyot vazirining virtual qabulxonasi orqali yuborilgan murojaatlar Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali tizimi bilan ishlash singari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi doirasida ko‘rib chiqiladi.
Izoh (0)