Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

28-dekabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

Yangi chizma. Foto: “Daryo”

Yangi chizma. Foto: “Daryo”

1. O‘zbekistonda paxta yig‘im-terimiga majburlagani uchun 8 nafar rahbar ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ularning besh nafari ta’lim muassasalari direktori, biri esa shifoxona rahbari.

2. AQSh Turkiyaning IShIDni qo‘llab-quvvatlash haqidagi ayblovlarini inkor qildi. Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on AQSh boshchiligidagi koalitsiyani IShIDni qo‘llab-quvvatlashda ayblagan edi.

3. Kubada Fidel Kastro sharafiga jamoat joylarini nomlash man etildi. Sabab — Kastro shaxsiga sig‘inishning oldini olish.

4. Toshkent metrosidagi yo‘nalishlar chizmasi yangilandi: Yunusobodda “Fayzulla Xo‘jayev” bekati bo‘lmaydi.

5. Bundesligada to‘p surish orzusidagi Odil Ahmedov Ispaniya, Germaniya va Fransiya klublaridan takliflar borligi haqida aytdi. So‘nggi vaqtlarda unga Xitoy klublari faol qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Bundesliga. “Bavariya” safarda g‘alaba qozondi va Germaniya chempioniga aylandi, “Borussiya D” o‘z maydonida “Mayns”ni yenga olmadi 
Dunyo
Yuk mashinasidan chiqqan natsistlar bayrog‘i, Buddaning tug‘ilgan kuniga atalgan ajdaho, model bo‘lgan chixuaxua — hafta suratlari
Salomatlik
Salomatlik bilan bog‘liq muammolar keltirib chiqaradigan 6 ta kundalik odat