Yovvoyi tabiatni tadqiq etuvchi amerikalik Koyot Peterson Markaziy va Janubiy Amerikada tarqalgan, eng og‘riqli tishlovchi o‘q chumolini o‘zida sinab ko‘rdi. Rolikka Complex nashri e’tibor qaratdi, deb yozadi TJournal.
Qumursqaning ushbu turini Peterson Kosta-Rikaning tropik o‘rmonlaridan topdi. Tadqiqotchi ulardan birini konteynerga solib, ancha vaqtgacha uni qo‘liga qo‘yishga jazm qilmadi.
Chumoli Petersonni chaqib olganda u shu zahoti yerga yiqildi va “U qo‘limga qadalib qoldi! U qo‘limga qadalib qoldi!” deb qichqirdi. Shundan keyin u kuchli og‘riqdan azob chekdi. Uning chumoli tishlagan qo‘li va bo‘ynini kuchli mushak qisishi siqib qo‘ydi, yuzida esa shishlar paydo bo‘ldi.
O‘q chumolining chaqishi entomolog Jastin Shmidt tomonidan taqdim etilgan shkala bo‘yicha eng og‘riqli hisoblanadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)