Qora dengizda qutqaruv ishlarini olib borayotgan Rossiya mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari jamoasi halokatga uchragan Tu-154 samolyotining fyuzelyajini aniqlagani FVV Janubiy mintaqa qidiruv-qutqaruv otryadi tomonidan ma’lum qilindi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Dastavval 27 metr chuqurlikdan fyuzelyaj topilgani haqida bayonot tarqatilgan edi. Ammo keyinroq bu fyuzelyaj emas, halokatga uchragan layner bo‘laklari ekani aniqlandi.
“G‘avvoslar to‘rt bo‘lak topdi, ulardan biri to‘rt metr uzunlikda”, — deb ma’lum qildi vazirlik vakili.
Izoh (0)