Turkiyalik politsiyachi, Rossiyaning mamlakatdagi elchisi Andrey Karlovni o‘ldirgan Mavlud Oltintosh prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni qo‘riqlash xizmatiga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan, ammo xizmatga qabul qilinmagan edi. Bu haqda, Hurriyet nashriga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
“U do‘sti bilan Anqarada imtihondan muvaffaqiyatli o‘tib, prezident qo‘riqchisi bo‘lishi mumkin edi. Ammo bunga qadar ular politsiya zobitlari sifatida bir yildan kam ishlagan edi, shuning uchun qabul qilinmadi”, — dedi uning singlisi Sahar Oltintosh.
Nashr bilan suhbat chog‘ida qiz uning oilasi dinga berilmaganini, ammo politsiya maktabida o‘qish yillari Mavlud besh mahal namoz o‘qiganini aytib o‘tdi.
“U alkogol ichishini bilardim. Biz uni Qur’on o‘qishga yoki namoz o‘qishga majbur qilmaganmiz. Biz unday oiladan emasmiz. Uning miyasini yuvib, bizdan uzoqlashtirishdi. U arab tilini bilmas edi”, — ma’lum qildi u.
Izoh (0)