Amerikalik suratkash Benjamin Fon Vong chiqindilar yig‘ish markazi tomonidan berilgan o‘ng minglab rangli plastik butilkalardan “dengiz” yaratib, uning ichiga suv parilari kiyimidagi model qizlarni joyladi, deb xabar bermoqda TJournal.
“Suv parilari plastikni yomon ko‘radi” (Mermaids Hate Plastic) loyihasi orqali suratkash ekologik muammolarni unutmaslikka chaqirdi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, har bir amerikalik yiliga o‘rtacha 167 dona plastik butilkadan foydalanadi.
Katta miqdordagi plastik chiqindilar okeanga chiqadi va suvni ifloslantiradigan boshqa narsalardan tashqari ko‘proq zarar yetkazadi. Buning oqibatida okeanda yashovchi jonzotlar va butun ekotizim jabr ko‘radi.
Loyihani tayyorlashda suratkashga ko‘ngillilar yordam berdi. Ular bir necha kun davomida butilkalarni etiketka va kirlashdan tozalab, ularni ranglarga ajratdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)