Kolumbiyaning “Atletiko Nasyonal” klubi bilan Kopa Sudamerikana—2016 musobaqasining final o‘yinda maydonga tushish uchun yo‘lga chiqqan va samolyot halokati sabab manziliga yeta olmagan Braziliyaning “Shapekoense” futbol klubi taqdirlandi.
“Sports.ru” ma’lumotiga ko‘ra, Braziliya klubi turnir g‘olibi sifatida tan olingan. Qayd etish kerak, samolyot halokatidan keyin klubning 19 nafar a’zosi olamdan ko‘z yumgandi.
Sudamerikana—2016 kubogini raqibiga topshirish taklifi bilan chiqqan Kolumbiyaning “Atletiko Nasyonal” futbol klubi esa vitse-chempion sifatida tan olindi va feyr-pley sovrini bilan taqdirlandi. Shuningdek, jamoa 1 million dollar miqdorida mukofot puli qabul qilib oldi.