Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev imzolagan farmoyishga binoan, RF Bosniya va Gersogovina Respublikasiga Sobiq Ittifoqning Yugoslaviya oldidagi qarzini to‘laydi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Huquqiy axborot rasmiy portalida chop etilgan hujjat matnida aytilishicha, sovet qarzini uzish uchun Rossiya Bosniya va Gersogovinaga 125,158 million dollar to‘laydi.
Pul 45 kun ichida bir martalik to‘lov yo‘li bilan o‘tkaziladi. U paytga qadar hukumatlararo kelishuv kuchga kirib, Bosniya va Gersogovina Rossiyaga nisbatan har qanday moliyaviy talablardan voz kechadi.
Pul o‘tkazilgach, Bosniya va Gersogovina mablag‘larni quyidagi ulushlarga bo‘lib, taqsimlab chiqadi: Bosniya va Gersogovina Federatsiyasiga — 58 foiz, Serbiya Respublikasiga — 29 foiz, Bosniya va Gersogovina Respublikasi umumdavlat hokimiyat organlari ehtiyojlariga — 10 foiz, Brchko okrugiga — 3 foiz.
Izoh (0)