Shanxay sudi nemis markasi nomi va logotipidan noqonuniy nusxa ko‘chirganlik uchun Xitoyning ikki firmasini BMW kompaniyasiga uch million yuan (431 ming dollar) to‘lash majburiyatini yukladi. Bu haqda Shanghai Daily gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi Motor.
Sud jarayoni davomida mahalliy tadbirkor Chjou Letsin 2008-yilda ochgan Deguo Baoma Group kompaniyasining nomi Xitoy tilida Germaniyaning BMW avtokonserni nomi bilan hamohang ekanligi aniqlandi. Shundan keyin u Bavariya avtomobil ishlab chiqaruvchisining firma emblemasi bilan deyarli bir xil logotipli BMN savdo markasini ro‘yxatdan o‘tkazgan.
BMW brendiga taqlid qilishda ayblangan ikkinchi kompaniya kiyim ishlab chiqaruvchi Chuangjia kompaniyasi bo‘ldi. Bir necha yil davomida xitoyliklar BMW simvolikasini osongina o‘qish mumkin bo‘lgan logotipli mahsulot chiqargan.
Sud har ikkala kompaniyani nemis markasining firma uslubidan noqonuniy nusxa ko‘chirishda va undan daromad orttirish uchun foydalanganlikda aybdor deb topdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)