Rossiyaning Nijniy Novgorod shahri meri Ivan Karnilin Aleksey Navalniyning Korrupsiyaga qarshi jamg‘armasi xabar qilgan mulklarni sobiq rafiqasi sotib olganini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ilgariroq Navalniy merning Mayamida 824 ming va 1,1 million dollarlik ikkita kvartirasi borligini ma’lum qilgan edi.
“AQShdagi ko‘chmas mulk 2013–2014-yillarda sobiq rafiqam tomonidan xarid qilingan edi. Bu mablag‘ kiritish edi — o‘shanda dollar 30 rubl turar edi, men tijoriy strukturada ishlardim, qonun esa chet elda yer-mulkka ega bo‘lishni taqiqlamasdi”, — dedi Karnilin.
“2015-yil martidan men ajrashganman, kvartiralar rafiqamga tegishli. Ajrashganimdan yarim yil o‘tib shahar rahbari bo‘ldim”, — qo‘shimcha qildi mer.
Izoh (0)