Yaponiya oliy sudi AQShning Okinava orolidagi Futenma aviabazasini ko‘chirish bo‘yicha qurilish ishlariga ruxsat berdi. Bu bilan u mahalliy hokimiyat vakillarining amerikalik harbiylarni butunlay chiqarib yuborish talabini rad etdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Okinava prefekturasi gubernatori Takesi Onaga sudga murojaat etib, AQSh harbiy bazasi faoliyatini to‘xtatishni talab qilgan edi. U aviabazani oroldan boshqa joyga ko‘chirishni taklif etgandi. Ammo sud aviabazani Okinava hududida saqlab qolishni yoqlab chiqayotgan Yaponiya hukumati tarafini oldi.
Izoh (0)