O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federal kansleri Angela Merkelga Berlin shahrida yuz bergan terrorchilik harakati natijasida ko‘plab insonlarning halok bo‘lganligi munosabati bilan maktub yo‘lladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston rahbari samimiy ta’ziya izhor etdi va halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamda jarohatlanganlarga hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazib qo‘yishni so‘radi.
Eslatib o‘tamiz, 19-dekabr, dushanba kuni kechki payt Berlin markazida yuk mashinasining olomonga urilishi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi.
Izoh (0)