Moskvada Rossiya, Turkiya va Eron tashqi siyosiy idoralari rahbarlarining uchrashuvi boshlandi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Ayni paytda Sergey Lavrov (Rossiya), Mavlud Chovusho‘g‘li (Turkiya) va Javod Zarif (Eron) yopiq eshiklar ortida muzokaralar olib bormoqda.
Uchrashuvdan ilgariroq tashqi ishlar vazirlari Anqarada o‘ldirilgan Rossiya elchisi Andrey Karlovning fotosurati poyiga gullar qo‘ydi.
Izoh (0)