IShID terrorchi guruhi Iordaniyaning al-Karak shahrida sodir etilgan hujumlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda, Al Jazeera telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
18-dekabr kuni bir guruh qurolli shaxslar politsiya idorasini va patrullarini o‘qqa tutdi. Ko‘chalarda boshlanib ketgan otishmalardan chekinib, jinoyatchilar o‘rta asrlar salibchilar qasriga yashirindi. Ular uzoq vaqt mobaynida bir qancha tinch fuqaroni tutqunlikda saqladi.
Otishmada yetti kishi halok bo‘ldi, ulardan biri Kanada fuqarosi bo‘lgan turist ayoldir. Shuningdek, to‘rt nafar terrorchi yo‘q qilindi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)