AQSh Turkiyadagi elchixonasining faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatdi. Bu haqda AQShning ushbu mamlakatdagi diplomatik missiyasi Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.
“AQShning Anqaradagi elchixonasi hamda Istanbul va Adanadagi konsulliklar bugun yopilgan bo‘lib, odatiy ishlarni amalga oshirmaydi”, — deyiladi xabarda.
Noma’lum shaxs elchixona yaqinida o‘t ochgani bunga sabab sifatida ko‘rsatilmoqda. Voqea joyida hech kim zarar ko‘rmadi.
Shuningdek, Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlovning o‘ldirilishi ushbu qarorning qabul qilinishidagi asosiy sabablardan biri bo‘lgani aytilmoqda.
Izoh (0)