Uolkersvill shahrida (Merilend shtati) yashovchi Rayan Manchester uyiga tasodifan kirib kelgan va Rojdestvo archasini yiqitgan bug‘u aks ettirilgan videoyozuvni Twitter’ga joyladi. Bir muddatdan so‘ng o‘smir hayvonga qarata o‘q uzib, uni o‘ldirgan, deb yozadi TJournal.
Bug‘uni hodisadan bir kun avval keltirilgan daraxtning hidi uyga jalb etgan bo‘lishi mumkinligi ma’lum qilinmoqda.Bug‘u archani yiqitgandan so‘ng, Manchester itini vannaga qamab, ikkinchi qavatdagi xonasiga yugurib chiqdi va qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qildi.
Qo‘ng‘iroqdan so‘ng Manchester hayvonni o‘ldirishga qaror qildi. U otasiga qo‘ng‘iroq qilib, qurol bor shkaf kalitini so‘radi. Smith & Wesson to‘pponchasi bilan qurollanib, yana mehmonxonaga tushdi.
Nashrga bergan intervyusida Manchester bug‘u uni birinchi marta ko‘rishi bilan unga qarata o‘q uzganligini ma’lum qilgan. “U meni ko‘rib to‘xtadi. Shunda men uning ko‘zlari o‘rtasiga o‘q uzdim”, — deydi u.
Shundan keyin yigit hayvonga qarata yana bir o‘q uzgan. O‘q uning yelkasiga tekkan. Biroz vaqtdan so‘ng xonadonga politsiya va hayvonlarni nazorat qilish bo‘yicha tashkilot vakillari yetib kelgan. Politsiya arizani qabul qilib, ro‘yxatdan o‘tganligiga ishonch hosil qilish uchun to‘pponchani tekshirgan.
Rayan, mazkur hodisadan so‘ng, odamlar uni qoralasa ham, bug‘uni o‘ldirganligidan xursand ekanligini bildirgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)